Orzklv ning Qora Sayohati
@@@@@@@@@@ @@@:@@@@@@@@:::@@@@ @@@@@@@ @@@@:@@@@@@@@:::@@@@ @@@@@@
@@@@@@@@@@ @@@:::@@@@@@@@:@@@@ @@@@@@@ @@@:::@@@@@@@@:@@@@ @@@@@@
@@@@@@@@@:::::::::::@@@@ @@@@:::::::::::@@@@ @@@
@@@@@@@::::::::::::@@@ @@@@:::::::::::#@@@ @@@@:
@@@@@::::@:::::::@@@@ * @@@::::::::::::@@@+ @ @@@:::
@@@::::@@@:::::::@@ @@ @::::@@::::::::@@ @@ @::::@
@@@@@@@@@@@@@::::@@@@@@@@@@@@ @@@@@@@@@@@@::::@@@@@@@@@@@ @@@@@@@
@@@@@@@@@@@::::@@@@@@@@@@@@ @@@@@@@@@@@::::@@@@@@@@@@@@ #@@@@@@@@
@@@@@@@@@@:::@@@@@@@@@@@@ @@@:@@@@@@@::::@@@@@@@@@@@@ @@@:@@@@@@
@@@@@@@@@@:@@@@ @@@@@@@@ @@@@::@@@@@@@::@@@@ @@@@@@@@ @@@@::@@@@@@
Men odatda shaxsiy blog yuritaman, lekin ko’pincha uni unutib qo’yaman va keyinroq uni boshqatdan yozib, davom ettiraman. Biroq, bu safar, veb-saytning o’ziga emas, kontentga ko’proq e’tibor qaratish orqali boshqacha qilishga qaror qildim. Ha, endi Nextjs va ortiqcha murakkab narsalar bo’lmaydi. Faqat oddiy statik sayt generatorida qog’ozda toza fikrlarim.
Men hozirgi nomimni butun karyeram davomida ishlatmaganman. Ular aslida ko’p va ba’zilari yetarlicha mashhur, ba’zilari esa o’z yo’nalishida ishini qilgan xolos. Xullas, ular:
- Mr. @%@%@% OOO (konfidensial sabablarga ko’ra berkitilgan)
- Biitsu Yoshikage (yani @biitsu)
- Geno Ferollo (yani @genemator)
- UwUssimo Robinson (yani @uwussimo)
- Yuri Katsuki (yani @katsuki-yuri)
- Orzklv (yani @orzklv)
Qisqasi, 2016-17 yillarda shaxsiyat va xavfsizlik tufayli bu shaxsiyatlar yaratish fikrini o’ylab topdim. Bundan tashqari, bu menga og’ir vaziyatlardan chiqish uchun oson qutqaruv tugmasi bo’lib xizmat qilardi, ya’ni, agar biror joy yoki narsada anchagina boplab qo’ysam, almashtirgandan keyin mening eski shaxsiyatimni eslab qolishardi. Tanish tuyulmayaptimi? Ha, bu VTyuber karerasi bilan o’xshash, ya’ni siz xato qilganingizda, bu yerda VTuber akkauntni yopib, keyin boshqa shaklda va boshqa yondashuv/tutum bilan qaytasiz.
Biroq, ishlar 2022 yilning o’rtalarida anchagina jiddiylashdi. Qancha ko’p shaxsiyat yaratganim sari, ham moral jihatdan ko’proq azob chekdim va ham yaqin qarindoshlar va do’stlar ham ko’proq tashvishlana boshlashdi, shu sababdan oxirgi shaxsiyatimda butunlay to’xtashimga to’g’ri keldi (ha, afsuski endi yangi shaxsiyatlar bo’lmaydi).
Eslatma
Aytmoqchiman-ki, bu e’lon, va’da emas. Nima deyayotganimni tushungadirsiz-a :D Nostabil bo’lganim uchun uzr (⌒_⌒;)
Bu blog o’zi nima haqida?
Asosan texnologik karyeram va bir necha soatlab vaqtimni har xil eksperimentlar qilib natijasini yozib borishim haqida. Bir maromda bu odamlar va qiziquvchan o’rganuvchilar uchun foydali bo’ladi deb umid qilaman. Eski bloglarimdagi eski postlarimni tiklashga harakat qilaman, lekin hech narsaga va’da berolmayman. Shuningdek, til bariyeri bor dasturchilar uchun ko’proq manbalar yaratish uchun o’zbekcha lokalizatsiya qo’shishga qaror qildim. O’zbek dasturchilari ham muhim!
Tan olishlar (credits)
- Zola hayotimni osonlashtirgani va frontend azobidan qutqargani uchun.
- Duckquill va daudix ushbu veb-saytning mavzusi va ilhomi uchun.
Tashakkurlar
- Crypton - shaxsiy narsalarga ko’proq e’tibor qaratishga motivatsiya bergani uchun.
- Shakhzod Kudratov menga ishda ozgina bo’sh vaqt qoldirib, bu ish bilan shug’ullanishimga motivatsiya bergani uchun.
- Meni qo’llab-quvvatlagan va yaxshi gaplar aytgan hamma <3