Alvido, ccTLD RnD

Orzklv tomonidan3 daqiqalik o‘qish

Qo’ng’iroq

Adashmasam, 2022-yilning 22-aprel kuni tushdan keyin edi, uyda passiv daromadlarim hisobiga yashab, open source loyihalar bilan shug‘ullanib yurgan paytim edi. Birdan noma’lum raqamdan qo’ng’iroq bo’ldi. O’sha paytda band bo‘lganim uchun javob bermay, keyinroq bo‘sh vaqtimda qayta qo’ng’iroq qildim. Telefonni olgan ayolning aytgan so’zlari hozir ham esimda: “Men Uzinfocom’dan qo’ng’iroq qilyapman, bizning kompaniyamizda ishlashni xohlaysizmi?” O’sha paytda Linux hamjamiyatini boshqarardim va boshqa mamlakatga ko’chish haqida o‘ylab yurganim sababli, o‘z jamoamni kimdir yoki kompaniyaga topshirishni rejalashtirayotgan edim. Shu sababli bu taklif meni juda qiziqtirdi va men: “Qiziq, mayli!” deb javob berdim. Shundan so’ng u aytdi: “Ofisimizga kelolasizmi, manzilimiz %#&^%$#@#$” va… ha… aynan shu qo’ng’iroq bilan hammasi boshlandi.

Bu intervyu-ku, to‘g‘rimi?

Shundan keyin darhol menga ertasi kuni ofisga kelishim haqida xabar yuborildi. Kun o’tdi va men intervyuga tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Telegram orqali manzilni so’rab olib, o’zimni yaxshigina Nexia 3 avtomobilimda yo’lga chiqdim. Yetib borgach, burilishni o’tkazib yuborganim sabab yana bir soat atrofida aylanib yurib, joyni izlashimga to‘g‘ri keldi va keyin bilsam, kompaniyaning boshqa tomonidan chiqib qolgan ekanman. Unga qo’ng’iroq qilib, nihoyat manzilni topdim va u yerda meni – Galina ismli, tajribamda ko’rgan eng zo’r HR iliq kutib oldi. U meni HR xonasiga olib bordi va kompaniya haqida tanishtirdi, keyin kompaniya CEO’sining uchrashuvi boshlanishini kutishimizni aytdi. MacBook’imni olib, o’z ishlarim bilan band bo‘lganimda, CEO koridordan o’tib, bizni xonasiga chaqirgungacha qanday qilib 5 soat o’tganini sezmay qoldim. Men uchun bu holat hayratlanarli edi, chunki CEO darajasidagi odamning ishga olinayotgan xodimlar bilan shaxsan gaplashishi juda kam uchraydigan holat edi. Nazarimda, kompaniya ishga qabul qilishda shu qadar ehtiyotkor ediki, jarayonga CEO ham shaxsan o’zi ishtirok etayotganday edi.

Uzinfocom’dan oldin HR intervyusida gaplashgan eng yuqori lavozimli odam yoki HRning o‘zi, yoki dasturchi izlayotgan jamoaning rahbari bo‘lardi.

Suhbat ish haqiga yetib keldi va keyin meni Uzinfocom’ga qabul qilishdi. Ichimda: “Tamommi?! Texnik intervyu qayerda?! Nega bunchalik TEZ bo’ldi???” degan fikr meni tinch qo’ymas edi.

Birinchi kun

Kerakli hujjatlarni tayyorlashim bilan darhol ish boshlashimni aytishdi. 3-4 kun o’tdi va 223-xonadagi odamlar bilan tanishtirilish uchun ofisga keldim. Ularning hammasi do’stona va iliq kutib olishdi. Men texnik yetakchini bo‘lim boshlig‘i bilan adashtirib yubordim, bilasiz-ku… shunaqa bo‘lib turadi :D. Hali qiladigan biror vazifam bo‘lmagani uchun xonaning bir burchagida o‘z loyiham bo‘lgan Xinux’ning kodlarini tekshirib o’tirdim. Bir muddat o’tgach, texnik yetakchi meni qiziqtirib qoldi va tipik dasturchi savollarini bera boshladi:

Texnik suhbat davomida odamlar aytganidek mayda-chuyda narsalarni titkilaydigan odamlar emas ekanligini sezdim. Bilasiz-ku, hukumat odamlari zerikarli va sust bo‘ladi, degan stereotiplar mavjud. Ammo bu yerda mening bu fikrlarim butunlay noto’g’ri ekanligini ko‘rdim va juda hayron qoldim.

RDAP

Ushbu bo‘lim maxvfiylik talablariga muvofiq ma’muriyat tomonidan tasdiqlanishi kerak

Quyosh chiqishi!

Ushbu bo‘lim maxvfiylik talablariga muvofiq ma’muriyat tomonidan tasdiqlanishi kerak

Qayerda xato qildik?

Ushbu bo‘lim maxvfiylik talablariga muvofiq ma’muriyat tomonidan tasdiqlanishi kerak

Vay… Ming bor uzr…

Ushbu bo‘lim maxvfiylik talablariga muvofiq ma’muriyat tomonidan tasdiqlanishi kerak

Tirik murda

Ushbu bo‘lim maxvfiylik talablariga muvofiq ma’muriyat tomonidan tasdiqlanishi kerak

Izohlar

Ushbu maqolaga Mastodon yoki boshqa ActivityPub/Fediverse akkauntingiz orqali ochiq javob yozishingiz mumkin. Quyida ochiq javoblar ko‘rsatiladi.

Maqolani ochish